» » Moskvada koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat kuzatildi. Rospotrebnadzor ushbu ma’lumotni tasdiqlagan

Moskvada koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat kuzatildi. Rospotrebnadzor ushbu ma’lumotni tasdiqlagan


Rospotrebnadzor Moskva shahrida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat kuzatilganini tasdiqladi, deya xabar bergan “Interfaks”. Koronavirusga chalingan bemor rossiyalik David Berovning ushbu kasallikni Italiyadan yuqtirib kelgani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Rossiyada koronavirusni aniqlashning uch bosqichdan iborat jarayon asosida tekshirilmoqda. Dastlabki tashxis Moskvadagi 1-raqamli kasalxonada qo‘yilgan, keyinchalik Rospotrebnadzor uni tasdiqlagan. Endi tahlil natijalari Novosibirskdagi “Vektor” markaziga yuborilgan va u yerdan yakuniy xulosa beriladi.

Avval Berov bilan yana olti nafar fuqaroning bir xonada davolangani ma’lum bo‘lgan. Tahlillar erkakda koronavirus aniqlanganidan keyin uni alohida xonaga olib o‘tishgan. Berov bilan qo‘shni bo‘lgan Aslan Subxankulovning so‘zlariga ko‘ra, xonada yotgan hamma bermorlardan takroran tahlillar olingan va shifokorlar xatosi oshkor bo‘lmasligi uchun ulardan bu haqida hech kimga aytmaslik so‘ralgan.

29-fevralda koronavirusning to‘rt nafar rossiyalikda kuzatilgani va ularning uch nafari Diamond Princess kemasi yo‘lovchisi bo‘lgan. Bir nafar rossiyalik esa kasallikni yuqtirib olgach Erondan Ozarbayjonga o‘tgan.

Mavzuga doir: 

1-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda 86,9 ming nafar odam koronavirus bilan kasallangan, ularning ko‘pchilik qismi virus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy hududida. Taxminan 2,9 ming nafar odam kasallik tufayli vafot etgan, 42,1 ming nafar bemor esa kasallikdan tuzalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют