» » Armanistonda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat kuzatildi

Armanistonda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat kuzatildi


Armanistonda COVID-19 koronavirusi infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat kuzatildi, deb yozgan mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook’dagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehrondan rafiqasi bilan yetib kelgan respublikaning 29 yoshli fuqarosi ushbu kasallikni yuqtirib olgan.

Tibbiyot xodimlari bilan muloqot vaqtida erkakning isitmasi baland bo‘lgan, lekin uyqudan uyg‘onganidan keyin uning holati barqaror ekani xabar qilingan, deydi Pashinyan. Bemorning rafiqasi topshirgan tahlillar salbiy natija ko‘rsatgan.

“Hukumat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan qoida va me’yorlarga amal qilib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi”, — degan bosh vazir.

Kasallikni yuqtirgan fuqaro bilan muloqot qilganlar karantinga olinmoqda. Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, ular 30 nafar va hammasi alohida mehmonxona tartibidagi kasalxonalarga olingan. Samolyotda boshqa mamlakatlarning fuqarolari ham bo‘lgan yoki bo‘lmagani yuzasidan aniq ma’lumot berilmagan.

26-fevral, chorshanba kuni, COVID-19 yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat Gruziyada, ikki kun o‘tgach Ozarbayjonda kuzatilgan. Infeksiya mamlakatga Erondan kelgan Rossiya fuqarosida aniqlangan. Bemor infeksiya blokiga olingan va uning holati barqaror ekani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: 

Eron hukumati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 29-fevral holati bo‘yicha mamlakatda infeksiya yuqtirib olganlar soni 593 nafarga yetgan, 43 nafar furqaro koronavirus oqibatida vafot qilgan. Rossiya Transport vazirligi infeksiya tufayli Eron Islom Respublikasi bilan aviaqatnovlarni vaqtincha cheklab qo‘ygan. Sheremetyevo aeroportidan faqat “Aeroflot” hamda Mahan Air kompaniyalarining samolyotlari ikki davlatdan parvozlarni amalga oshira oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют