» » O‘zbekistonda 1-maydan bog‘cha puli oshadi

O‘zbekistonda 1-maydan bog‘cha puli oshadi


Hukumat qaroriga muvofiq 2020-yil uchun bolalar bog‘chasida to‘lanadigan ota-onalar to‘lovi miqdorlari tasdiqlandi.

To‘lovlar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “2020-yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyati Nurobod, Qo‘shrabot, Urgut, Bulung‘ur, va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani hamda Farg‘ona tumanining Shohimardon va Yordon qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan haq miqdori o‘rnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qanday bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют