» » Tongda yog‘gan kuchli yomg‘ir Samarqand viloyatining tog‘li tumanlarida sel kelishiga sabab bo‘ldi

Tongda yog‘gan kuchli yomg‘ir Samarqand viloyatining tog‘li tumanlarida sel kelishiga sabab bo‘ldi


Bugun, 5-aprel kuni tongda Samarqand viloyatining tog‘li tumanlarida kuchli sel keldi. Jumladan, Urgut, Bulung‘ur, Qo‘shrabot, Ishtixon tumanlarida soylar to‘lib suv oqqan, deb yozadi “Zarnews.uz”.

Eng kuchli sel Qo‘shrabot tumanidan Ishtixondagi Oqdaryoga kelib quyiladigan soy irmog‘ida oqqan va suv soy o‘zanidan toshib chiqib ketgan. Bu haqida Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Anvar Shermatov ismli foydalanuvchi ma’lum qilib o‘tdi.

Natijada Ishtixonda qurilgan namunali yangi uylar atrofi suv bilan qoplangan.

Avvalroq Qashqadaryoda yoqqan kuchli yomg‘ir va do‘l qishloq yo‘llarini vayron qilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют