» » 27-fevral kuni Samarqandda bir oylik yomg‘ir normasining 67 foizi yog‘di

27-fevral kuni Samarqandda bir oylik yomg‘ir normasining 67 foizi yog‘di


Joriy yilning 27-fevral kuni respublikaning ayrim hududlarida xususan, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuchli shamol va yomg‘ir kuzatildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

“Ayniqsa Toshkent shahrida shamolning tezligi sekundiga 16 metrgacha, Toshkent viloyatida esa sekundiga 15 metrgacha yetdi. Buning natijasida Olmazor tumanida yo‘lning qatnov qismiga daraxt ag‘darilib tushib, tuman obodonlashtirish boshqarmasining yordami bilan qisqa vaqtda tabiiy ofatning  oqibatlari bartaraf qilindi”, — deyiladi xabarda.

Samarqand viloyatining Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida va Toshkent shahrida  shiddatli yomg‘ir  yog‘ib o‘tdi. Natijada Toshkent shahrining ayrim tumanlarida  turar-joy binolarining alohida qismlariga suv kirishi kuzatilgan. Obodonlashtirish boshqarmasi va FVBning  zarur kuch va vositalar yordamida yomg‘ir oqibatlari qisqa muddatda bartaraf  etildi.

Samarqand viloyatining Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand tumanlari tog‘li hududlarida sel yog‘ib o‘tdi. Viloyat FVB xodimlari, IIB hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda joylarda profilaktik choralar ko‘rildi. Jarohat olganlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida bir sutkadagi yog‘ingarchilik, oylik yog‘ingarchilik miqdorining 67 foizini tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 17) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют