» » 3-noyabr kuni Toshkent va Samarqandda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

3-noyabr kuni Toshkent va Samarqandda yomg‘ir yog‘ishi mumkin


O‘zA 3-noyabr kuni O‘zbekistonning barcha mintaqalarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5–10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14–16, kunduzi 20–22 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3–8, kunduzi 9–14 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13–18, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13–18, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13–18, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7–2, kunduzi 18–3 daraja iliq bo‘ladi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют