» » 3-oktabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

3-oktabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3-oktabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5—10 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12—14, kunduzi 17—19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi, ba’zi joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8—13, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10—15, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10—15, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12—17, kunduzi 20—25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7—12, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2—7, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют