» » O‘zbekistonda dam olish kunlari kuchli shamol va yog‘ingarchilik kuzatiladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari kuchli shamol va yog‘ingarchilik kuzatiladi


O‘zbekiston hududida 1—2-aprel kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Bu haqda, “O‘zgidromet” markaziga tayanib, UZ24 xabar qildi.

Mamlakatning shimoliy hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Shamolning tezligi soniyasiga 17—22 metrgacha kuchayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -2…+3 va kunduzi +3…+8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida harorat kechasi +5…+10 va kunduzi +10…+15 daraja iliqni tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +7…+12 daraja va kunduzi +13…+18 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi +5…+10 daraja va kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют