» » Qozog‘iston prezidenti koronavirus tufayli 8-mart konsertini bekor qildi

Qozog‘iston prezidenti koronavirus tufayli 8-mart konsertini bekor qildi


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nur-Sultonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert va yig‘ilishni bekor qildi, deb yozadi Tengrinews.

“Nur-Sultonda xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali yig‘ilish va konsertni bekor qilishga qaror qildim. Bu butun dunyo bo‘ylab koronavirusning tarqalishi munosabati bilan xavfsizlik nuqtayi nazaridan amalga oshirildi”, — deb yozadi prezident Twitter’da.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev ayollarga baxt, salomatlik va xotirjamlik tilagan.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 88 232 kishiga yetdi.

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda so‘nggi bir sutka ichida 42 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, yana 202 kishida koronavirus aniqlangan.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreyada bo‘lib turgan va ushbu davlatga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Transport vazirligi Janubiy Koreya aviatsiya idoralari 1-martdan boshlab ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarda vaqtinchalik cheklash choralari joriy qilinishi to‘g‘risida rasman xabardor qilgandi.

Mavzuga doir:

Shuningdek, Koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida 1-mart kunidan Afg‘oniston, Eron va Italiya bilan aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют