» » Eden Azar AQShda operatsiya qilinadigan bo‘ldi

Eden Azar AQShda operatsiya qilinadigan bo‘ldi


“Real” hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar yaqin vaqtlar ichida o‘ng oyog‘i kichik boldir suyagidan olgan jarohati bois jarrohlik stoliga yotadi.

ESPN xabariga ko‘ra, ushbu operatsiya AQShda bo‘lib o‘tadi. Belgiyalik futbolchi 5 yoki 6-mart kuni klub tibbiy xizmati rahbari Niko Mixich hamrohligida Dallasdagi klinikaga tashrif buyuradi.

Madridning “Real” klubi Azarning tiklanish jarayonini tezlashtirmoqchi emas. ?

Eslatib o‘tamiz, tajribali futbolchi La Liga 25-turidan o‘rin olgan “Levante”ga qarshi bahsda jarohatga yo‘liqdi. Agar jarrohlik amaliyoti o‘tkazilsa futbolchi mavsumning qolgan qismida maydonga boshqa tusha olmasligi ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, Eden Azar 2019-yilning yozida “Chelsi”dan “qaymoqranglilar” tarkibiga kelib qo‘shilgan edi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilgacha amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют