» » Toshkentda Tashkent International University of Education nodavlat universiteti tashkil etiladi

Toshkentda Tashkent International University of Education nodavlat universiteti tashkil etiladi


Prezidentning “Tashkent International University of Education nodavlat oliy ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining Toshkent shahrida Tashkent International University of Education xalqaro universitetini nodavlat oliy ta’lim muassasasi shaklida tashkil etilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Tashkent International University of Education’ning asosiy vazifalari Oliy ta’lim sifatiga qo‘yiladigan umumiy e’tirof etilgan xalqaro talablarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari uchun talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar hamda ta’lim tizimi uchun zamonaviy pedagog va boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hisoblanadi.

Universitet tomonidan belgilangan kvota doirasida Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi buyurtmasiga ko‘ra The Times Higher Education World University Rankings reytingidagi dunyoning 1000 talikka kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari dasturlari asosida imtiyozli grantlar ajratish yo‘li bilan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.

O‘qitish O‘zbekiston davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda universitet va uning xorijiy hamkori tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus sirtqi yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Universitet bakalavr va magistratura bitiruvchilariga uning xorijiy hamkor universitetlarining O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjati sifatida tan olinadigan xalqaro darajadagi diplom beriladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Qayd etilishicha, universitet 2023-yilning 30-dekabriga qadar barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют