» » 2022 va 2023-yilgi UEFA Superkubogiga mezbonlik qiladigan stadionlar ma’lum bo‘ldi

2022 va 2023-yilgi UEFA Superkubogiga mezbonlik qiladigan stadionlar ma’lum bo‘ldi


UEFA 2022-yilgi Yevropa Ligasi finali hamda 2023-yilgi Yevropa Superkubogiga mezbonlik qiluvchi shaharlar nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Rossiyaning Qozon shahridagi “Qozon Arena” stadioni 2023-yilgi Yevropa Superkubogi bahsini o‘zida qabul qiladi. Yevropa Superkubogi — 2022 uchrashuvi Finlyandiyaning Xelsinki shahridagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilgi UEFA Superkubogiga Portudagi “Dragau” stadioni mezbonlik qiladi. 2021-yilgi bahsga esa Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahri mezbon bo‘ladi.

Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi “Pushkash Arena” stadioni esa 2022-yilgi Yevropa Ligasi finaliga mezbonlik qiladi. Yevropa Ligasining joriy mavsumdagi finaliga Polshaning Gdansk shahri mezbonlik qilsa, 2021-yilgi final Sevilyadagi “Ramon Sanches Pisxuan” arenasida bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют