» » O‘zbekistonda joriy etiladigan yangi shaklidagi kadastr hujjatining namunasi taqdim etildi

O‘zbekistonda joriy etiladigan yangi shaklidagi kadastr hujjatining namunasi taqdim etildi


O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr qo‘mitasi mamlakatda joriy etiladigan yangi shakldagi kadastr hujjatining namunasini taqdim etdi. Yangi shakldagi kadastr hujjati NFC smart chipi o‘rnatilgan plastik kartadan iborat.

Qo‘mita tomonidan ma’lum qilinishicha, yangi hujjat eski uslubdagi kadastr pasportidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portaliga ulanish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, ushbu texnologiyaning afzalliklaridan yana biri kommunal to‘lovlarni yangi kadastr kartasi orqali to‘lash imkoniyati hisoblanadi. Bu to‘lovlarni amalga oshirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va kommunal instansiyalarning ish samaradorligini oshiradi.

Ma’lum qilinishicha, kommunal xizmatlarning mulk bilan bog‘liqligi ularni hisoblash va to‘lash sohasidagi islohotlarning o‘sishini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulk obyekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk obyekti kadastr pasportining yangi namunasi:

Mavzuga doir: 2020-yil 1-martdan plastik shakldagi kadastr pasporti joriy etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют