» » Toshkentda yakka tartibdagi turar joylar uchun ham kadastr pasportlari joriy qilindi

Toshkentda yakka tartibdagi turar joylar uchun ham kadastr pasportlari joriy qilindi


20-avgustdan Toshkentdagi yakka tartibdagi turar joylar egalariga kadastr yig‘majildi, yer hamda bino va inshootlar ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar o‘rniga kadastr pasporti beriladi. Bu haqda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Avvalroq 16-apreldan Toshkentda kvartiralarning kadastr pasportlari joriy etilishi va ko‘p qavatli uylarda joylashgan kvartiralar uchun kadastr pasportlari berilishi boshlanishi xabar berilgan edi.

Kadastr pasporti — qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari, ya’ni “suv belgisi” bilan himoyalangan maxsus blankdan iborat bo‘lib, quyidagi ma’lumotlarni pasport berilgan kun holatiga aks ettiradi: yakka taritbdagi turar joyning texnik parametrlari, kadastr qiymati, tarxi, mulkdor va turar joyga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.

Shu bilan bir qatorda, pasportda QR-kod mavjud bo‘lib, ushbu kod orqali onlayn tarzda kadastr pasportining maqomi va haqiqiyligi, shuningdek Pasportda qayd etilgan texnik parametrlariga mos kelishi, turar joy haqida qo‘shimcha ma’lumotlar hamda onlayn tarzda tekshirish holatiga ko‘ra taqiq va cheklovlar bor yo‘qligi haqida ma’lumotlarni tekshirish imkoniyati mavjud.

Yangi ko‘rinishdagi kadastr pasporti yakka tartibdagi turar joyga bo‘lgan huquq yangi egalariga o‘tgan yoki avval taqdim etilgan kadastr hujjati yo‘qotilgan taqdirda, yakka tartibdagi turar joyning yangi egalari arizalariga binoan taqdim etiladi.

Avval taqdim etilgan kadastr hujjatini yangilash talab etilmaydi va ushbu kadastr hujjati yakka tartibdagi turar joyga bo‘lgan huquq bekor qilingunga qadar amal qiladi hamda haqiqiy hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют