» » O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashish uchun Xitoyga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasini yubordi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashish uchun Xitoyga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasini yubordi


O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasini yubordi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati. Unda eng zaruriy tibbiy anjomlar, xususan, bir marta qo‘llaniladigan steril qo‘lqoplar, himoyalovchi ust kiyim, niqob va boshqalar mavjud.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, gumanitar yuk ortilgan Mudofaa vazirligiga qarashli CASA C-295 samolyoti Toshkent aeroportidan Xitoyning Urumchi shahriga 3-mart kuni soat 15:30 da uchib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston koronavirus yangi turining keng tarqalishini oldini olish, epidemiologik vaziyatni jilovlash hamda uni mahalliylashtirish, kasallikka qarshi kurash harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12-fevral kuni Xitoyga insonparvarlik yordamini jo‘natgan edi.

Unda ishtirok etgan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Ahatov “Xitoy qudratli davlat, ular ko‘p amaliy ishlarga qo‘l urgan, sa’y-harakatlar qilinmoqda. Bu davlatning qudrati va imkoniyatlarini inobatga olgan holda ular sinovni yengib o‘tishiga ishonamiz”, — deb aytgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni 90 370 kishiga yetgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) ketmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, dunyoning 64 davlatida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют