» » Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun hozirgacha 14,36 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun hozirgacha 14,36 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi


Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun 14,36 milliard dollar sarflab yubordi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat kasallikka chalinganlarni davolash, binolar va obyektlarni dezinfeksiya qilish, shuningdek, himoya uchun boshqa zaruriy choralarni moliyalashtirishni faol davom ettirmoqda. Mablag‘larning asosiy qismi koronavirusga chalinganlarning asosiy qismini tashkil etayotgan Xubey provinsiyasiga yo‘naltirilgan. Markaziy davlat budjeti mamlakatdagi barcha ajratilgan mablag‘larning uchdan bir qismini tashkil etadi, qolgan qismi viloyat administratsiyalari tomonidan mustaqil ravishda ta’minlanmoqda.

So‘nggi kunlarda mamlakatning deyarli barcha qismida vaziyat barqarorlashgan. Shunga qaramay Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining tavsiyasiga ko‘ra, Xitoyga kelganlarda virusni yuqtirib olish xavfi hamon mavjud. Shu sababli yaqin vaqt ichida rasmiylar hushyorlikni saqlashda davom etadi va qayta avj olishning oldini olish uchun kuchaytirilgan choralarni ko‘radi.

Avvalroq AQSh  koronavirus qayd etilgan Xitoy va boshqa mamlakatlarga 100 million dollar ajratishi ma’lum qilingan edi. Xitoy Moliya vazirligi esa koronavirusga qarshi kurashish uchun qariyb 3,9 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratdi. Qozog‘iston esa mazkur virus bilan  kurashish uchun 9,2 million dollar mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning materik qismida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 78 ming kishidan oshib ketgan, vafot etganlarning umumiy soni esa 2715 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют