» » Xitoy koronavirusga qarshi kurash uchun 10 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

Xitoy koronavirusga qarshi kurash uchun 10 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi


Xitoy koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish uchun 10,3 milliard dollarga yaqin mablag‘ sarflab yubordi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Idoraning ta’kidlashicha, hukumatning barcha darajasidagi moliyaviy institutlar kasallik tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun 71,8 milliard yuan ajratgan. Markaziy hukumat 17,3 milliard yuan (2,5 milliard dollar) sarflagan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusni yuqtirib olganlar soni qariyb 35 ming kishiga yetgan. Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi kasallikka chalinganlar sonini 37 mingdan ortiq demoqda. Virus oqibatida vafot etganlar soni 900 kishidan oshib ketdi, 2,1 mingdan ortiq odam davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: 

Londondagi Gigiyena va tropik kasalliklar tadqiqoti maktabi olimlarining fikricha, fevral oyining ikkinchi yarmida virusning tarqalishi o‘zining cho‘qqisiga chiqadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashda niqoblardan oqilona foydalanishga chaqirdi. Tashkilot himoya vositalariga talab 100 baravar, uning narxi esa 20 baravar oshishini taxmin qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют