» » Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi kurash uchun 232 million yevro ajratadi

Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi kurash uchun 232 million yevro ajratadi


Koronavirus to‘lqini Yevroittifoq iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda inqirozga qarshi kurash bo‘yicha yevrokomissar Yanez Lenarchich ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Lenarchichning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan kurashish uchun Yevropa ittifoqi 232 million yevro ajratadi. Kasallik qurbonlarining soni 2,6 ming kishidan oshib ketgani barcha darajalarda unga qarshi kurashishdan boshqa chora yo‘q ekanligini ko‘rsatmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larning bir qismi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga yo‘naltiriladi, yana bir qismi esa sog‘liqni saqlash tizimi kamroq rivojlangan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi.

Qayd etilishicha, 114 million yevro Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ajratiladi. 100 million yevro epidemiologiya, tashxis, terapiya va davolash sohalaridagi tadqiqotlarga ketadi. 15 million yevro Afrika mamlakatlariga beriladi. Yana 3 million yevro virus tarqalishining markazi bo‘lgan Xitoyning Uxan shahridan odamlarni evakuatsiya qilish uchun sarflanadi.

Avvalroq, AQSh  koronavirus qayd etilgan Xitoy va boshqa mamlakatlarga 100 million dollar ajratishi ma’lum qilingan edi. Xitoy Moliya vazirligi esa koronavirusga qarshi kurashish uchun qariyb 3,9 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratdi. Qozog‘iston esa mazkur virus bilan  kurashish uchun 9,2 milliom dollar mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Bill Geyts Xitoydagi koronavirus bilan kurashishga 5 million dollar ajratdi. Dell, PepsiCo va Microsoft Xitoyda koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishini ma’lum qildi. Xitoylik aktyor Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratgan insonga 143 ming dollar va’da qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют