» » Toshkentda qurilayotgan uch qavatli ko‘prik sabab 9 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Toshkentda qurilayotgan uch qavatli ko‘prik sabab 9 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi


Yashnobod tumani Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasidagi uch qavatli ko‘prik qurilishi ishlarini jadallashtirish va ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ayrim ko‘chalar yopilayotgani haqida xabar berilgandi. “Toshshahartransxizmat” ushbu ko‘chalardan o‘tuvchi avtobuslar endilikda boshqa yo‘nalish bilan harakatlanishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Maxtumquli ko‘chasining Parkent, Mirzo Ulug‘bek va Pahlavon Mahmud ko‘chalari oralig‘idagi qismi 13-martga qadar yopiq bo‘ladi.

Mazkur hududdan o‘tuvchi 44, 95, 110, 119, 129, 152-sonli yo‘nalishlarida qatnovchi avtobuslar o‘z harakatini 13-martga qadar Parkent, Temur Malik, Do‘rmon yo‘li, G‘azalkent, Oltintepa va yana Parkent ko‘chalari orqali davom ettiradi.

18, 23, 30-avtobus yo‘nalishlari esa Parkent, Qorasuv, Alimkent, Elbek, Pahlavon Mahmud, Maxtumquli ko‘chalari orqali qatnaydi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi uch qavatli ko‘prik qurilishini borib ko‘rdi (foto)

“Mazkur yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati vaziyatga qarab yana o‘zgartirilishi mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют