» » Zulayho Mahkamova To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi. U O‘zbekistondagi beshinchi ayol hokim bo‘ldi

Zulayho Mahkamova To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi. U O‘zbekistondagi beshinchi ayol hokim bo‘ldi


Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida hokim o‘zgardi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Shu paytga qadar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Zulayho Mahkamova tuman hokimi etib tayinlandi.

Zulayho Mahkamova 1968-yili Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Namangan davlat pedagogika instituti hamda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U Yangiqo‘rg‘on tuman hokimining o‘rinbosari, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi, Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2018-yil aprelida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Zulayho Mahkamova 4-mart, chorshanba kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida tuman hokimi sifatida tanishtirildi. Yig‘ilishda Prezidentning davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют