» » Facebook JSSTga koronavirusdan xabardor qilish uchun bepul reklama berish huquqini berdi

Facebook JSSTga koronavirusdan xabardor qilish uchun bepul reklama berish huquqini berdi


Facebook asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq fuqarolarni koronavirus epidemiyasi haqida xabardor qilish yuzasidan sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro va davlat tashkilotlariga faol yordam berayotgani haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Kommersant”.

Sukerbergning ta’kidlashicha, Facebook milliy sog‘liqni saqlash vazirliklari, Jahon sog‘liqni saqash tashkiloti (JSST) va UNICEF bilan ushbu tashkilotlar foydalanuvchilarni koronavirus epidemiyasi haqida xabardor qila olishi uchun hamkorlikda ishlamoqda. Buning uchun kompaniya ularga cheklanmagan miqdorda reklama uchun joylarni taklif etmoqda.

“Biz JSSTga ular istaganicha reklama e’lonlarini berish imkoniyatini taklif etamiz, boshqa tomondan ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Biz, shuningdek, boshqa tashkilotlarni ham qo‘llab-quvvatlaymiz va ularga ham millionlab reklama maydonlarini taqdim etamiz”, — deydi Facebook rahbari.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari koronavirus qayd etilgan davlatlar soni 64 taga yetdi. Umumiy hisobda dunyoda 90 370 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 80 174 nafari Xitoyda. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) bormoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют