» » Jeyms Bond haqidagi yangi film taqdimoti koronavirus tufayli yarim yilga kechiktirildi

Jeyms Bond haqidagi yangi film taqdimoti koronavirus tufayli yarim yilga kechiktirildi


Jeyms Bond haqidagi yangi film — “O‘lim vaqti emas”ning premyerasi koronavirus epidemiyasi tufayli olti oyga qoldirildi, deb xabar beradi Meduza.

Aprel oyida keng ommaga namoyish etilish kerak bo‘lgan kartina Britaniyada 12-noyabrda, AQShda esa 25-noyabrda premyera qilinadi. Boshqa mamlakatlardagi taqdimotlarning aniq sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Qayd etilishicha, koronavirus tufayli Xitoy, Yaponiya, Janubiy Korey ava Italiyadagi yirik kinoteatrlar yopildi. Shuning uchun ham 200 million dollar evaziga suratga olingan yangi film hozir taqdim etilsa, kartina ijodkorlari kutilgan natijaga erisha olmasligi mumkin.

Jeyms Bond haqidagi yangi film hisob bo‘yicha yigirma beshinchi bo‘ldi. Unda bosh rolni boshqa filmlardagidek Deniyel Kreyg ijro etgan.

Ma’lumot uchun, Xitoyda 4-mart holatiga ko‘ra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida 31 kishi vafot etdi. Mamlakat hududida ushbu kasallik bilan vafot etganlarning jami soni 3 mingdan oshib ketdi. Koronavirus butun dunyo bo‘ylab keng tarqalishda davom etmoqda.

Xususan, hozirga qadar Vengriya, Latviya, Marokash, Avstraliya, Armaniston va Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют