» » Ronaldinyo hibsga olinishi mumkin. U Paragvayga soxta pasport bilan kirganlikda gumon qilinmoqda

Ronaldinyo hibsga olinishi mumkin. U Paragvayga soxta pasport bilan kirganlikda gumon qilinmoqda


“Barselona” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldinyo Paragvayda hibsga olinishi mumkin.

AS nashrining xabar qilishicha, Asunsyon prokuraturasi 39 yoshli sobiq futbolchini soxta pasport bilan mamlakatga kirishda gumon qilib, hibsga olish uchun order bergan.

Xuddi shu qoidabuzarlik bilan Ronaldinyoning akasi Roberto de Assish ham hibsga olinishi mumkin. Aka-ukalar Paragvayga bolalar futbolini rivojlantirish dasturi bo‘yicha tashrif buyurgandi.

Politsiya Ronaldinyo istiqomat qilayotgan mehmonxonada tintuv o‘tkazgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют