» » Fransiyada deputat koronavirusga chalindi. U og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi

Fransiyada deputat koronavirusga chalindi. U og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi


Fransiya Milliy assambleyasi a’zosi Jan-Lyuk Reytser koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda France Bleu radiosi bergan ma’lumotga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda. U og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Jan-Lyuk Reytser 25-fevral kuni o‘tkazilgan parlament yig‘ilishida bo‘lgan. Kasallik parlament bufeti xodimida aniqlangan. U uy karantinida saqlanmoqda.

Qayd etilishicha, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 420 kishidan oshib ketdi. Prezident Emmanuel Makron Fransiyada COVID-19 koronavirusining tarqalishi epidemiyaga aylanishi muqarrar ekanligini aytgan.

Avvalroq Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni ikki baravar ko‘paygani haqida xabar berilgan edi. Pekin universiteti olimlari COVID-19 infeksiyasini keltirib chiqaradigan koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalish jarayonida evolyutsion o‘zgarishlarga uchraganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab Fransiyada futbol uchrashuvlari qoldirilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют