» » AQSh “Tolibon” tinchlik bitimi shartlariga rioya qilish niyatida emasligidan xabar topdi

AQSh “Tolibon” tinchlik bitimi shartlariga rioya qilish niyatida emasligidan xabar topdi


Amerika razvedkasi Oq uyga bir hafta oldin AQSh bilan tinchlik bitimini imzolagan “Tolibon” harakati kelishuv shartlariga rioya qilish niyatida emasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

NBC telekanalining ma’lum qilishicha, Amerika razvedkasining Pokistondagi manbalari “Tolibon” amerikaliklar Afg‘onistondan chiqib ketguniga qadar kelishuv shartlariga rioya qilishini, shundan so‘ng hukumat qo‘shinlarining pozitsiyasiga hujum uyushtirishini bildirgan.

“Biz afg‘on hukumatiga va boshqa partiyalarga shuni e’lon qilamizki, AQSh bizni tan olgan ekan, ular mamlakatni bizning qo‘limizga berishi kerak”, — deydi “Tolibon” vakillaridan biri.

“Tolibon” bilan kelishuvni o‘z saylovoldi dasturidagi va’daning amalga oshirilishi deya baholagan AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgach, amaldagi hukumatni ag‘darishga urinish bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

O‘z navbatida “Tolibon” bilan tinchlik shartnomasini tayyorlashga aloqador, ammo hozirda administratsiyada ishlamayotgan NBC suhbatdoshining aytishicha, Vashingtondagilar vaziyatning nimaga olib kelishini yaxshi biladi. Ular Amerika qo‘shinlari Vyetnamdan chiqib ketgach, u yerda sodir bo‘lgan vaziyatni yaxshi eslaydi. “Ushbu mavzu haqida hech kim ochiq gapirmagan”, deydi NBC suhbatdoshi.

Mavzuga doir: Tramp “Tolibon” yetakchisini ichki afg‘on muzokaralarida ishtirok etishga chaqirdi

Eslatib o‘tamiz, 29-fevral, shanba, kuni Qatar poytaxti Dohada AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar kelishuv bitimini imzolagan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan. “Tolibon” O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют