» » Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib ketish shartini ma’lum qildi

Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib ketish shartini ma’lum qildi


Donald Tramp Afg‘onistondagi nizolarni hal etish bo‘yicha kelishuvga erishilsa, AQSh qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishini aytdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” terroristik guruhi vakillari vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kelishuv haqida birinchi marta so‘z ochgan.

“Agar bu amalga oshsa, biz o‘z qo‘shinlarimizni olib chiqib ketamiz. Buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo jiddiy muzokaralar birinchi marta olib borilmoqda”, — degan Tramp.

Xabarda aytilishicha, 26-yanvar kuni “Tolibon” vakillari va Amerika hukumati o‘rtasida olti kunlik muzokaralar yakunlangan. Tomonlar kelishuv imzolanganidan 18 oy o‘tgach Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib olgan.

Ikki kun o‘tib esa, Afg‘oniston davlat ishlari bo‘yicha vakili Zalmay Halilzod AQSh vakillari va “Tolibon” guruhi kelajakdagi tinchlik shartnomasi loyihasini ma’qullagani haqida ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют