» » AQSh Afg‘onistondan yetti ming askarni olib chiqadi

AQSh Afg‘onistondan yetti ming askarni olib chiqadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga Afg‘onistondan qariyb 7000 nafar harbiyni olib chiqish rejasini tayyorlashni buyurdi. Bu haqda “Korrespondent” xabar berdi.

Gap Afg‘onistondagi Amerika harbiy kontingentining yarmi haqida ketmoqda. Chiqib ketish uchun bir necha oy vaqt ketishi mumkin.

Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda toliblarga qarshi harbiy amaliyotni 2001-yildan buyon o‘tkazmoqda — bu mamlakat tarixidagi eng uzoq harbiy kampaniya.

Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonda harbiy ishtirokini kamaytirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgandi. 19-dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadan harbiy qo‘shinlarini olib chiqishni boshlaganini e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют