» » Oq uy Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqilishini rad etdi

Oq uy Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqilishini rad etdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma bermagan. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Garrett Marki Bloomberg agentligiga ma’lum qildi.

Afg‘onistondagi xalqaro harbiy kontingent qo‘mondoni general Skott Miller ham bunday topshiriq olmaganini tasdiqladi.

21-dekabr kuni AQSh nashrlari ismi oshkor etilmagan amaldorlarga asoslanib, Afg‘onistonga qo‘shinlar kiritilganidan 17 yil o‘tib, Pentagon u yerdagi 14 ming amerikalik harbiy xizmatchidan 7 mingga yaqinini chaqirib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Xuddi shu kuni AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis iste’fo berishi ma’lum bo‘ldi. OAV vazirning iste’fosini uning prezident Donald Tramp bilan, jumladan, Suriya va Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish masalasida kelisha olmagani bilan bog‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют