» » Bloomberg: Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 2,7 trln dollargacha zarar keltirishi mumkin

Bloomberg: Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 2,7 trln dollargacha zarar keltirishi mumkin


Yangi turdagi koronavirus epidemiyasi sabab jahon iqtisodiyoti 2,7 trillion dollargacha zarar ko‘rishi mumkin, deya ogohlantirdi Bloomberg ekspertlari. Agentlikning qayd etishicha, bu Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ga teng ko‘rsatkich. Ekspertlar o‘z tadqiqotida kasallik bilan bog‘liq vaziyatning to‘rt xil rivojini ko‘rib chiqqan.

Bazaviy, eng pozitiv ssenariyga ko‘ra, Xitoy kasallik tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni zudlik bilan o‘z nazoratiga olib, ikkinchi chorakda uning oqibatlarini bartaraf etib, o‘ziga kelib olishi kerak, shunda jahon iqtisodiyotidagi vaziyat osoyishtaroq bo‘ladi.

Voqealar rivojining ikkinchi variantiga ko‘ra, Xitoy koronavirus muammosini tez hal qilolmaydi. Bundan tashqari, Xitoydan tashqarida (Janubiy Koreya, Italiya) ham kasallik o‘choqlari paydo bo‘lgani, kasallikning Yaponiya, Fransiya va Germaniyada ham tarqalayotgani, katta ehtimol bilan, bu davlatlar iqtisodiyotiga zarar keltiradi. Ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bu ssenariyda 2020-yilgi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari 2,3 foizgacha kamayadi.

Agar kasallik aniqlangan barcha mamlakatlarda, jumladan, AQSh, Hindiston, Buyuk Britaniya, Kanada va Braziliyada koronavirusning ommaviy o‘choqlari paydo bo‘lsa, bu holda jahonning barcha o‘nta eng yirik iqtisodiyotida o‘sish sekinlashadi, chunki ularning bari virus tarqalishiga qarshi kuch tashlaydi. Bu ssenariy bo‘yicha global iqtisodiy o‘sish sur’ati 2020-yilda 1,2 foizgacha tushib ketadi, Yevrozona va Yaponiyada retsessiya kuzatiladi, Amerika iqtisodiyotining o‘sishi esa 0,5 foizgacha qisqaradi.

Ekspertlarning to‘rtinchi ssenariysi — voqealarning eng yomon rivoji. Global pandemiya holatida — virus jahondagi barcha mamlakatlarni qamrab olgach, dunyo iqtisodiyoti 2,7 trillion dollargacha yo‘qotishi mumkin, yillik o‘sish sur’ati esa 0 ga teng bo‘ladi.

O‘z navbatida, Bank of America tahlilchilari 2020-yil jahon iqtisodiyoti uchun 2009-yilgi global iqtisodiy inqirozdan keyingi eng yomon yil bo‘lishi haqida ogohlantirmoqda. Ularning prognoziga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyotining sustlashuvi oqibatida jahon iqtisodiyoti o‘sishi sur’ati yil yakunlari bo‘yicha 2,8 foizgacha pasayadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют