» » A Seriya. “Yuventus” “Inter”ga imkon qoldirmadi. “Milan” o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. “Yuventus” “Inter”ga imkon qoldirmadi. “Milan” o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyaning 26-turida “Yuventus” va “Inter” jamoalari 8-mart, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

“Alyans Stedium”da kechgan bahsda maydon egalari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 54-daqiqasida Aaron Remzi turinliklarni oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada esa Paulo Dibala yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin “Yuventus” ochkolarini 63 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa qaytdi. “Inter” (54) esa 3-pog‘onada qoldi.

“Milan” o‘z maydonida “Jenoa” bilan o‘ynadi va kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.

A Seriya

26-tur bahslari

8-mart, yakshanba

Gol: 0:1 – 71, penalti Petanya.

Gollar: 0:1 – 32, avtogol Audero, 1:1 – 77 Kualyarella, 2:1 – 86, penalti Kualyarella.

Gollar: 0:1 – 7 Pandev, 0:2 – 41 Kassata, 1:2 – 77 Ibragimovich.

Gollar: 1:0 – 54 Remzi, 2:0 – 67 Dibala.

“Yuventus”: Shensni, de Ligt, Aleks Sandro (De Shilyo, 77), Bonuchchi, Remzi, Kuadrado, Bentankur, Matyuidi, Duglas Kosta (Dibala, 59), Ronaldu, Iguain (Bernardeski, 80).

“Inter”: Handanovich, Bastoni, de Vrey, Shkrinyar, Yang, Brozovich, Kandreva (Galyardini, 74), Barella (Eriksen, 59), Vesino, Martines, Lukaku (Sanches, 77).

Ogohlantirishlar: Shkrinyar (63), Vesino (71), Brozovich (79), Ronaldu (87).

Chetlatish: Padelli (79).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 03:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют