» » Italiya Kubogi. “Yuventus” Ronalduning so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga “Milan” bilan durang o‘ynadi (video)

Italiya Kubogi. “Yuventus” Ronalduning so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga “Milan” bilan durang o‘ynadi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya Kubogi yarim finalida “Milan” 13-fevral, payshanba kuni “Yuventus” bilan bahs olib bordi.

Qarama-qarshilikning dastlabki o‘yinida durang natija qayd etildi. Uchrashuvning 61-daqiqasida Ante Rebich maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Krishtianu Ronaldu penaltini aniq amalga oshirgan holda hisobni tenglashtirdi.

Mazkur jamoalarning javob o‘yini 4-mart kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.

Italiya Kubogi

Yarim final, ilk o‘yin

13-fevral, payshanba

Gollar: 1:0 — 61 Rebich, 1:1 — 90+1, penalti Ronaldu

“Milan”: Donnarumma, Kalabriya, Romanoli, Teo, Ker, Kastilyexo (Salemakers, 80), Kessie, Bennaser, Chalxano‘glu (Lukas Paketa, 87), Ibragimovich, Rebich (Laksalt, 74).

Yuventus”: Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo (Iguain, 69), de Ligt, Pyanich, Matyuidi (Rabo, 73), Remzi (Bentankur, 63), Kuadrado, Ronaldu, Dibala.

Ogohlantirishlar: Ibragimovich (29), Remzi (30), Teo (42), Kessie (58), Kastilyexo (69), Kalabriya (90).

Chetlatish: Teo (71).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 02:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют