» » Italiya Superkubogi. Krishtianu Ronalduning goli “Yuventus”ga navbatdagi sovrinni taqdim etdi (video)

Italiya Superkubogi. Krishtianu Ronalduning goli “Yuventus”ga navbatdagi sovrinni taqdim etdi (video)


16-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya Superkubogi uchun Massimiliano Allegri boshqaruvidagi “Yuventus” klubi Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Mazkur o‘yinda Krishtianu Ronalduning 61-daqiqada kiritgan yagona goli turinliklarga g‘alaba keltirdi (1:0).

Bu portugaliyalik futbolchi uchun Italiya klubi safida qo‘lga kiritilgan dastlabki sovrin bo‘ldi.

Italiya Superkubogi

16-yanvar, chorshanba

Gol: 1:0 – 61 Ronaldu.

“Yuventus”: Shesni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Kellini, Bentankur (Bernardeski, 86), Pyanich (Jan, 65), Matuidi, Duglas Kosta (Hedira, 89), Ronaldu, Dibala.

“Milan”: Donnarumma, Sapata, Rodriges, Kalabriya, Romanyoli, Lukas Paketa (Borini, 71), Bakayoko, Kastilyexo (Iguain, 71), Kessiye, Chalxono‘g‘lu, Kutrone (Konti, 79).

Ogohlantirishlar: Chalxono‘g‘lu (21), Aleks Sandro (26), Pyanich (44), Kastilyexo (45), Rodriges (87), Dibala (90).

Chetlatish: Kessiye (73).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 01:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют