» » Italiya Kubogi. “Yuventus” “Roma” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

Italiya Kubogi. “Yuventus” “Roma” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/4 finalida 22-yanvar, chorshanba kuni Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida Paulu Fonseka boshqaruvidagi Rimning “Roma” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 1-bo‘limida “keksa sinyora” vakillari Krishtianu Ronaldu (26), Rodrigo Bentankur (38) hamda Leonardo Bonuchchi (45+2) birin-ketin Rim klubi darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 50-daqiqaga kelib “Roma” yarim himoyachisi Jengiz O‘nderning super zarbasidan keyin to‘p turinliklar darvozaboni Janluiji Buffonga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi.

Shu tariqa “Yuventus” o‘z uyida kechgan bahsda “Roma” ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi va musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya Kubogining chorak finali doirasida 21-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan bahsda “Napoli” o‘z maydonida “Latsio”ni Lorenso Insinyening yagona goli evaziga mag‘lub etgandi (1:0).

Italiya Kubogi

1/4 final bahsi

Gollar: 1:0 — 26 Ronaldu, 2:0 — 38 Bentankur, 3:0 — 45 Bonuchchi, 3:1 — 50, avtogol Buffon

“Yuventus”: Buffon, Danilo (Kuadrado, 41), Rugani, Bonuchchi, Aleks Sandro, Pyanich, Rabyo (Matyuidi, 76), Bentankur, Duglas Kosta (Remzi, 67), Ronaldu, Iguain

“Roma”: Lopes, Florensi (Veretu, 68), Kolarov, Manchini, Smolling, Kristante, Pellegrini, Diavara (Bruno Peres, 76), O‘nder, Klyuyvert (Santon, 46), Kalinich

Ogohlantirishlar: Kristante (31), Iguain (64), Matyuidi (80)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют