» » Italiya Kubogining barcha yarim finalchilari aniq. Ular orasida “Inter”, “Roma” va “Napoli” yo‘q

Italiya Kubogining barcha yarim finalchilari aniq. Ular orasida “Inter”, “Roma” va “Napoli” yo‘q


Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining chorak finalidan joy olgan so‘nggi uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Turin derbisi shaklida tashkil etilgan o‘yinda “Yuventus” hamshahrini 2:0 hisobida taslim qilishga erishdi.

Shu tariqa “keksa senyora” yarim finalda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar “Milan” va “Latsio” shu bosqichda bir-biriga raqib bo‘lgandi. “Yuventus” esa final ostonasida “Atalanta” bilan bahs olib boradi. “Inter”, “Napoli”, “Roma” kabi yetakchilar kubokni tark etib ulgurdi.

Yarim finaldan boshlab jamoalar uy safar tizimida kurash olib boradi. 31-yanvar kuni “Latsio” Milanga tashrif buyursa, tomonlarning Rimdagi javob o‘yini 28-fevralda o‘tkaziladi. “Yuventus” esa 31-yanvar kuni “Atalanta” mehmoni bo‘ladi va raqibini 28-fevralda Turinda qabul qiladi.

Italiya Kubogi

1/4 final

26-dekabr, seshanba

Gol: Senad Lulich, 5 (1:0).

27-dekabr, chorshanba

Gol: Patrik Kutrone, 104 (1:0).

2-yanvar, seshanba

Gollar: Timoti Kastan, 50 (0:1). Alexandro Gomes, 81 (0:2). Dris Mertens, 84 (1:2).

3-yanvar, chorshanba

Gollar: Duglas Kosta, 15 (1:0). Mario Manjukich, 67 (2:0).

Опубликовано: admin (4-01-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют