» » Yil sensatsiya bilan boshlandi. “Napoli” ustidan zafar quchgan “Atalanta” Italiya Kubogining yarim finaliga chiqdi

Yil sensatsiya bilan boshlandi. “Napoli” ustidan zafar quchgan “Atalanta” Italiya Kubogining yarim finaliga chiqdi


Neapolning “Napoli” klubi Italiya Kubogining yarim finaliga yo‘l ola bilmadi. O‘z maydonida “Atalanta”ni qabul qilgan Mauritsio Sarri jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

“Napoli” A seriya turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Mazkur klub 28 yildan buyon ilk bor yangi yilni karvonboshi sifatida qarshi olgandi. Biroq 2018-yilning ilk uchrashuvi neapolliklar uchun omadsiz yakun topdi.

Bungacha “Latsio” va “Milan” klublari ham yarim finalga yo‘l olib, o‘zaro raqibga aylangandi. Bugun — 3-yanvar kuni Turin derbisi bo‘lib o‘tadi va final ostonasida to‘p suradigan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ladi. Shu tariqa “Atalanta” “Yuventus” yoki “Torino” klublaridan biriga raqib bo‘ladi.

Italiya Kubogi

1/4 final

26-dekabr, seshanba

Gol: Senad Lulich, 5 (1:0).

27-dekabr, chorshanba

Gol: Patrik Kutrone, 104 (1:0).

2-yanvar, seshanba

Gollar: Timoti Kastan, 50 (0:1). Alexandro Gomes, 81 (0:2). Dris Mertens, 84 (1:2).

3-yanvar, chorshanba

“Yuventus” — “Torino”

Опубликовано: admin (3-01-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 105) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют