» » Milan derbisida zafar quchgan Gattuzo shogirdlari Italiya Kubogining yarim finaliga yo‘l oldi

Milan derbisida zafar quchgan Gattuzo shogirdlari Italiya Kubogining yarim finaliga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining yarim finalida to‘p suradigan ikkinchi jamoa nomi aniq bo‘ldi. Bungacha Rimning “Latsio” klubi birinchi chiptani yutib olgan bo‘lsa, endi “Milan” futbolchilari shunday baxtga erishdi.

Bu borada Jennaro Gattuzo shogirdlari Milan derbisida “Inter”ga qarshi saf tortdi. Bellashuvning asosiy daqiqasida hisob ochilmagach, hakamlar 15 daqiqadan 2 ta qo‘shimcha taym belgiladi. Derbidagi yagona gol 104-daqiqada Patrik Kutrone tomonidan kiritildi va “Milan” hamshahrini chorak finalda qoldirib ketdi.

A seriyada uchinchi bo‘lib turgan Spaletti murabbiyligidagi “Inter” chempionat doirasida “Milan”ni taslim qilishga erishgandi — 3:2. Garchi A seriyada “Milan”ning omadi chopmayotgan bo‘lsa-da, Gattuzo mamlakat kubogiga ega chiqish uchun muhim qadam tashlay oldi.

Italiya Kubogi

1/4 final

26-dekabr, seshanba

Gol: Senad Lulich, 5 (1:0).

27-dekabr, chorshanba

Gol: Patrik Kutrone, 104 (1:0).

2-yanvar, seshanba

“Napoli” — “Atalanta”

3-yanvar, chorshanba

“Yuventus” — “Torino”

Опубликовано: admin (28-12-2017, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют