» » A seriyada g‘alati tur: yetakchilarning birortasi ham gol ura olmadi. “Milan” esa zafar quchdi

A seriyada g‘alati tur: yetakchilarning birortasi ham gol ura olmadi. “Milan” esa zafar quchdi


Italiya A seriyasining 16-turida yetakchi to‘rt klubning birortasi ham gol ura olmadi. Avvaliga “Yuventus” va “Inter” o‘zaro durang o‘ynagan bo‘lsa, keyinroq “Roma” va “Napoli” ham golsiz duranglarga imzo chekdi.

Turin hamda Milan klublarining ochko yo‘qotishidan “Roma” va “Napoli”ning foydalanib qolishi kutilgandi. Neapollik futbolchilar o‘z maydonida “Fiorentina” darvozasiga yo‘l topa olmagan bo‘lsa, rimlik futbolchilar “Kyevo” uyida 2 ochko yo‘qotdi.

Jennaro Gattuzo boshchilik qilayotgan “Milan” esa mazkur murabbiy bilan ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bungacha milanlik futbolchilar ketma-ket 15 ta o‘yinda mag‘lab bo‘lib, kuchli beshlik antirekordini yangilagan jamoa bilan durang o‘ynagan, ketidan Yevropa Ligasining so‘nggi turida muvaffaqiyatsiz o‘yin o‘tkazgandi.

Bugun Rimning boshqa bir klubi “Latsio”da hamshahriga yetib olish uchun yaxshi imkoniyat bor. Bu yo‘lda jamoa Turin klubini taslim etishi kerak bo‘ladi.

Italiya A seriyasi

16-tur o‘yinlari

10-dekabr, yakshanba

Gollar: Jakomo Bonaventura, 10 (1:0). Simone Verdi, 23 (1:1). Jakomo Bonaventura, 76 (2:1).

11-dekabr, dushanba

“Jenoa” — “Atalanta” 22:00

“Latsio” — “Torino” 01:00 Sport-TV

Опубликовано: admin (11-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют