» » UzAuto Motors avtomobillar narxini 3 foizdan 21 foizgacha oshirdi

UzAuto Motors avtomobillar narxini 3 foizdan 21 foizgacha oshirdi


UzAuto Motors kompaniyasi 9-martdan avtomobillar uchun yangi narxlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Spark’ning narxi modifikatsiyasiga qarab 10—21 foizga, Cobalt’niki 10—14 foizga, Nexia’niki 15—19 foizga, Lacetti’niki esa 3 foizga oshgan. Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse vа Tahoe avtomobillari narxlari esa o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Chevrolet Damas VAN narxi 21 foizga oshgan (eski narxi — 62 750 539 so‘m edi). Shuningdek, Damas DLX narxi ham 21 foizga oshgan (eski narxi — 64 696 586 so‘m). Damas LABO’ning narxi 11 foizga oshdi (eski narxi — 71 349 654 co‘m).

Chevrolet Spark LS M/T narxi 10 foizga (eski narxi — 66 602 502 o‘sm), Spark LT A/T narxi esa 21 foizga ko‘tarildi (eski narxi — 76 745 952 so‘m). Chevrolet Cobalt LT s/k narxi 10 foizga (eski narxi — 87 060 777 so‘m), Cobalt LTZ A/T 14 foizga ko‘tarildi (eski narxi — 100 777 630 so‘m).

Chevrolet Nexia LT M/T 15 foizga (eski narxi — 75 930 613 so‘m), Nexia LTZ A/T 19 foizga (eski narxi — 89 062 015 so‘m), Nexia LT M/T Optimum Plus 15 foizga (eski narxi — 78 189 036 so‘m), Nexia LTZ A/T Elegant Plus 19 foizga qimmatladi (eski narxi — 91 320 438 so‘m).

Chevrolet Lacetti narxi 3 foizga (eski narxi — 111 116 080 so‘m), Chevrolet Lacetti (GBO) SX 3 foizga (eski narxi — 119 696 350 so‘m), Chevrolet Lacetti CDX A/T Elegant Plus 3 foizga oshdi (eski narxi — 134 104 347 so‘m).

Ma’lumot uchun, kompaniya ishlab chiqarayotgan alohida modellarning narxlari so‘nggi bor 2018-yili o‘rtacha 7,7 foizga oshirilgan edi. Avvalroq, UzAvto Motors avtomobillari narxi qo‘shimcha opsiyalar hisobiga “biroz oshganligi”ni ma’lum qilingan edi. 

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi (avvalgi General Motors Uzbekistan ) kompaniyasi 2018-yil oxirida bir qator imtiyozlardan mahrum qilingan edi. Kompaniya avvalgi yillarda barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlardan ozod qilingan bo‘lsa, 2019-yildan boshlab faqat QQS to‘lovidan ozod qilindi, xolos. 2019-yilning 1-oktabrdan boshlab kompaniya bu soliqni ham to‘lay boshladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют