» » 2017-yilda O‘zbekistonda iste’mol narxlari 9,3 foizga oshdi

2017-yilda O‘zbekistonda iste’mol narxlari 9,3 foizga oshdi


2017-yilning o‘n oyi davomida O‘zbekistonda tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlari 9,3 foizga o‘sdi. Bu haqda “Spot.uz” nashri xabar berdi.

Iste’mol tovarlari narxi o‘rtacha 9,4 foizga, nooziq-ovqat tovarlari narxi esa 10,3 foizga, xizmatlar narxi 7,2 foizga o‘sdi. Bu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirildi.

Eng katta o‘sish fevral (1,9 foiz), sentabr (1,8 foiz) va oktabr (1,7 foiz) oylarida kuzatildi. Iyun va iyul oylarida esa, aksincha, narxlar biroz tushdi (1,0 va 0,7 foizga).

Vaziyatga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar yengil avtomobillar (50,2 foiz), tamaki mahsulotlari (17,8 foiz), shaxsiy gigiyena mollari (14,7 foiz), mato (14,6 foiz), asosiy maishiy tovarlar va elektr priborlar (11,5 foiz), yuvish va tozalash vositalari (11,2 foiz), aloqa vositalari va qurilish mollari (10,7 foiz), maishiy tekstil (10,4 foiz), kiyim-kechak (10,9 foiz) va poyabzal (10,2 foiz) narxlarining oshishi bo‘ldi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют