» » IIV Toshkentda 8-mart kuni yonib ketgan BMW X5 va Mercedes GLC haqida ma’lumot berdi

IIV Toshkentda 8-mart kuni yonib ketgan BMW X5 va Mercedes GLC haqida ma’lumot berdi


O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB 8-mart, yakshanba kuni, soat 05:30 da Toshkent shahar, Mirobod tumanida K.I.ga tegishli qora rangli Mersedes Benz va uning yonida turgan oq rangli BMW rusumli transport vositalarida yong‘in chiqib, avtomashinalarning dvigatel va salon qismlari yongani yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, mazkur yong‘in yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq 8-mart kuni tongda ko‘p qavatli uylardan birining oldidagi avtoturargohda qoldirilgan BMW X5 va Mercedes GLC avtomobillari yonib ketgani xabar qilingan, ijtimoiy tarmoqlarda qimmatbaho avtomobillar qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada zararlangani haqidagi video va suratlar tarqalgandi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, har ikkala mashina bir ayolga tegishli bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют