» » Foto: Qoraqalpog‘istonga kelgan flamingolar

Foto: Qoraqalpog‘istonga kelgan flamingolar


Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani hududida joylashgan Sudochye ko‘lida ayni paytda qushlar saltanati hukm surmoqda, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati. Umumiy maydoni 50 ming gektardan oshadigan ushbu ko‘llar tizimida hozirda 230 dan ortiq turdagi minglab ko‘chmanchi va doimiy yashovchi qushlar mavjud bo‘lib, ularning orasida flamingo qushlar to‘dasini ham uchratish mumkin.

Keyingi 10 yil ichida Sudochye ko‘lida flamingo to‘dasi paydo bo‘ldi. Sudochye ko‘llar tizimida tabiatda noyob sanaladigan pushtirang flamingolarning mavjudligi va shu joyda qushning uyalari topilgani O‘zbekiston ornitolog-olimlarining katta ilmiy kashfiyoti bo‘ldi.

Keyingi yillarda Janubiy Orol atrofida flamingoning uchrashi sezilarli darajada ko‘paydi. Bu joyda flamingo uchib o‘tuvchi qush turi sifatida belgili. Lekin 2014-yil 23-may kuni Sudochye ko‘llar tizimida olib borilgan ornitologik tadqiqotlar vaqtida ko‘lning sharqiy chegarasidagi kichikroq orolda flamingoning katta uyalovchi koloniyasi topildi. Bu haqiqiy ilmiy yangilik bo‘ldi. Biz orolda flamingoning 7000 osobi va 3000 ga yaqin uyasini sanadik. Bu O‘zbekistondagi eng katta koloniya bo‘lib, u butun dunyodagi populyatsiyaning 1,4 foizini tashkil qiladi.

Islambek Arepbayev, ornitolog-olim

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi, biologiya fanlari nomzodi Ya.Ametovning ta’kidlashicha, Sudochye ko‘li ko‘chmanchi qushlarning olis-olislarga uchishi uchun kuch to‘plash maqsadida qo‘nim topadigan mo‘l ozuqa manbai ham sanaladi. Flamingo qushlari Qoraqalpog‘istonning bir necha joylarida, xususan, Vozrojdeniye orolida, Mo‘ynoqda, G‘arbiy Qarateren ko‘lida, Shegeko‘lda, Sariqamish ko‘lida, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, Jaltirbas ko‘lida va boshqa joylarda uchragan, lekin Sudochyedagi kabi yirik koloniyaning paydo bo‘lishi avval kuzatilmagan.

Ornitolog-olimlarning bildirishicha, hozirgi paytda Sudochye ko‘lida flamingo va boshqa kamyob uchraydigan qushlar uchun birinchi xavf va muammo, bu — suvning yetishmovchiligi. Ikkinchi xavf va muammo, bu — noqonuniy ovchilik yoki brakonyerlikdir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют