» » Toshkentdagi 16-shahar kasalxonasiga koronavirusni yuqtirgan 2 kishining yotqizilgani haqidagi gap-so‘zlar rad etildi

Toshkentdagi 16-shahar kasalxonasiga koronavirusni yuqtirgan 2 kishining yotqizilgani haqidagi gap-so‘zlar rad etildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida koronavirus tarqalgani, xususan ikki bemorning shahardagi 16-kasalxonaga yotqizilgani haqidagi audio xabarlar tarqaldi.

“O‘rtoqlar, bizga, 16-kasalxonaga ikkita koronavirus keldi, ehtiyotlaringni qilinglar, Toshkentda juda ko‘payib ketgan koronavirus, lekin buni yashirishyapti. Ikki qavat niqob taqinglar, ko‘zlaringga ko‘zoynak taqinglar, chunki koronavirus ko‘zning shilliq qavatidan yuqadi”, — deyiladi audio xabarda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu ma’lumot haqiqatga zid.

Qayd etilishicha, bugunga qadar O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirish holati umuman aniqlanmagan. Bundan tashqari, nafaqat koronavirus, balki boshqa yuqumli kasalliklarga gumon qilingan bemorlar ham Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilmaydi. Ular yuqumli kasalliklar shifoxonalariga joylashtiriladi.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi barcha ehtiyot choralari ko‘rilayotgani hamda nazorat har qachongidan ham kuchaytirilganini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga vazirlik har kuni bir-ikki marta aholiga koronavirusdan himoyalanish chora-tadbirlari haqidagi SMS-xabarlar yubormoqda.

Mavzuga doir: JSSTning koronavirus bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistondagi vaziyatga baho berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют