» » Rossiyada koronavirusni yuqtirgan xitoylik bilan gaplashgan 3 o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizildi

Rossiyada koronavirusni yuqtirgan xitoylik bilan gaplashgan 3 o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizildi


Xitoydan Tyumenga kelgan hamda koronavirus aniqlangan xitoylik talaba qiz bilan bir samolyotda uchgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi Xanti-Mantiysk avtonom okrugidagi Nijnevartovsk kasalxonasiga yotqizildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Rossiyada ta’lim oluvchi xitoylik talaba 28-yanvar kuni yordam so‘rab murojaat qilgan va koronavirus yuqtirgani oqibatida kasalxonaga yotqizilgan. Rossiya bo‘ylab, Tyumen viloyati va Baykalorti o‘lkasida 2 kishi koronavirus yuqtirgani sabab kasalxonaga yotqizilgan.

“Ularda koronavirus borligi xavfi yo‘q. Ular koronavirus yuqtirgan bemor bilan gaplashgan. O‘zbekistonliklar boshqalardan izolyatsiya qilingan. Tahlil natijalari kutilmoqda. Ularning ahvoli yaxshi”, — dedi “Rospotrebnadzor” hududiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Inna Kudryavseva.

Avvalroq O‘zbekistonga Rossiyadan koronavirusni aniqlovchi uskunalar olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga Rossiyadan koronavirusni aniqlovchi uskunalar olib kelindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют