» » Rossiyaga uchib kelgan yana bir xitoylik infeksiya alomatlari bilan kasalxonaga yotqizildi

Rossiyaga uchib kelgan yana bir xitoylik infeksiya alomatlari bilan kasalxonaga yotqizildi


Xitoydan Rossiyaga uchib kelgan bemorning uchinchisi infeksiya alomatlari bilan Sankt-Peterburg kasalxonasiga yotqizildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Qayd etilishicha, ularning barchasiga O‘RVI deb dastlabki tashxis qo‘yilgan. Tahlil natijalari esa Rospotrebnazdor tekshirish laboratoriyasiga yuborilgan.

Bemorlar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan bo‘lib, ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Avvalroq Sankt-Peterburgda ikki kishi koronavirus bilan kasallanganlikda gumonlanib kasalxonaga yotqizilgani xabar berilgan edi. Xabarovskda kuzatilgan yana bir holat shifokorlarni tashvishga solgan. Ammo aniqlangan uch holatning ikkisida kasallik tashxisi tasdiqlanmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus sababli vafot etganlar soni 17 kishiga yetdi. Ushbu virus bilan kasallanish asosan Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan bo‘lsa-da, kasallikka chalinish holatlari Tailand, Yaponiya, AQSh, Janubiy Koreyada ham kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют