» » O‘zbekiston Liga Kubogida Tojikiston va Qirg‘iziston klublari ham ishtirok etadi

O‘zbekiston Liga Kubogida Tojikiston va Qirg‘iziston klublari ham ishtirok etadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Liga Kubogi—2020 musobaqasida Qirg‘iziston va Tojikiston klublari ham ishtirok etadi.

Professional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayevning ma’lum qilishicha, har ikki mamlakat futbol federatsiyasi bu borada O‘FAga rasmiy xat yo‘llagan.

Unga ko‘ra Qirg‘iziston va Tojikistondan to‘rttadan jamoa Liga Kubogida ishtirok etadi:

Qirg‘iziston

“Dordoy” (Bishkek)

“Alay” (O‘sh)

“Abdish-ota” (Kant)

“Kaganat” (O‘sh)

Tojikiston

“Xo‘jand” (Xo‘jand)

“Regar TadAZ” (Tursunzoda)

“Kuktosh” (Rudaki)

“Istaravshan” (Istaravshan)

“Dordoy” Qirg‘izistonning amaldagi chempioni sifatida musobaqaga Paxtakor bilan bitta bosqichda qo‘shiladi. “Alay” mamlakat vitse-chempioni, “Kaganat” esa musobaqa debyutanti hisoblanadi. “Abdish-ota” mavsumni 5-o‘rinda yakunlagandi.

“Xo‘jand” — Tojikiston Oliy ligasining vitse-chempioni, “Regar” chempionatni kuchli uchlikda yakunlagan. “Kuktosh” va “Istaravshan” 5-6-o‘rinlarni band qilgan.

Avvalroq Liga Kubogida Tojikiston va Qirg‘iziston klublari ishtirok etishi mumkinligi, keyinchalik esa Turkmaniston, Qozog‘iston hamda Afg‘oniston jamoalarini jalb qilish istagi borligi xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Liga Kubogi 2019-yilda tashkil etildi. Dastlabki musobaqada O‘zbekiston Superligasining 14 jamoasi va Pro Liganing ikkita klubi ishtirok etdi. Musobaqaning ilk va amaldagi chempioni “Paxtakor” klubi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют