» » Tojikiston va Qirg‘iziston klublari O‘zbekiston Liga Kubogida ishtirok etishi mumkin

Tojikiston va Qirg‘iziston klublari O‘zbekiston Liga Kubogida ishtirok etishi mumkin


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Liga Kubogi musobaqasining 2020-yilgi mavsumidan boshlab Tojikiston va Qirg‘iziston klublari ham ishtirok etishi mumkin.

PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu borada Tojikiston va Qirg‘iziston futbol federatsiyalariga taklif yuborgan.

Mazkur musobaqaga keyinchalik Turkmaniston, Qozog‘iston va Afg‘oniston klublarini ham taklif qilish mo‘ljallanmoqda.

Liga Kubogi 2019-yilda tashkil etildi. Dastlabki musobaqada O‘zbekiston Superligasining 14 jamoasi va Pro Liganing ikkita klubi ishtirok etdi. Musobaqaning ilk va amaldagi chempioni “Paxtakor” klubi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют