» » Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi noyabrda Qirg‘iziston bilan o‘ynaydi

Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi noyabrda Qirg‘iziston bilan o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlari doirasida noyabr oyida Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatiyasining ma’lum qilishicha, 9-noyabr kuni Qirg‘iziston terma jamoasi Toshkentda Vadim Abramov shogirdlariga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuvga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladi. Bellashuv esa 17:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichining navbatdagi ikki turini o‘z maydonida o‘tkazadi. Dastlab 14-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib borilsa, 19-noyabr kuni Falastin bilan o‘ynaladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют