» » Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bugun Turkiyaga qarshi maydonga tushadi

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bugun Turkiyaga qarshi maydonga tushadi


Ektor Kuper boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlari doirasida 2-iyun, yakshanba kuni Antalya shahrida Turkiya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi. Bellashuv Sport-TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi kutilmoqda.

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gunesh O‘zbekistonga qarshi o‘yinda terma jamoaning bir qator yetakchi futbolchilari — Italiyaning “Milan” klubi yarim himoyachisi Xoqon Chalxano‘g‘lu va “Everton” hujumchisi Jenk Tosun maydonga tushmasligini ma’lum qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют