WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » O‘zbekiston terma jamoasi iyunda Turkiyaga qarshi maydonga tushadi
O‘zbekiston terma jamoasi iyunda Turkiyaga qarshi maydonga tushadi
O‘zbekiston terma jamoasining FIFA kunlaridagi yana bir raqibi nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Ektor Kuper shogirdlari 2-iyun kuni Antaliya shahrida Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Ta’kidlash joiz, Turkiya terma jamoasi FIFA reytingida ayni damda 39-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDR (7-iyun) hamda Suriya (11-iyun) termalariga qarshi maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?