» » O‘zbekiston terma jamoasi kuz oylarida Suriya, Shimoliy Koreya va Qatarga qarshi Toshkentda bahs olib boradi

O‘zbekiston terma jamoasi kuz oylarida Suriya, Shimoliy Koreya va Qatarga qarshi Toshkentda bahs olib boradi


O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, 6-sentabr kuni poytaxtdagi “Milliy”(sobiq “Bunyodkor”) stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 20:00 da boshlanishi belgilangan.

Shuningdek, Ektor Kuper shogirdlari 13-oktabr sanasida Shimoliy Koreya termasi bilan, 16-oktyabrda esa Qatarga qarshi Toshkentda bahs olib boradi. Kuper mazkur o‘yinlar orqali O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibini shakllantirib boradi.

Ayni damda qolgan FIFA kunlarida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan, Eron futbol federatsiyasi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar ijobiy yakuniga yetsa, 11-sentabr sanasida Eronga qarshi uchrashuv ham Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun oy boshida O‘zbekiston terma jamoasiga argentinalik Ektor Kuper bosh murabbiy etib tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют